NURA Group jamoasi O‘zbekistonning eng yirik texnologik tadbirlaridan biri — E-Tech Expo 2025da o‘z mahsulotlari va innovatsion yechimlarini taqdim etadi.
E-Tech Expo — bu mamlakatda elektrtexnika, elektronika va raqamli texnologiyalar sohasidagi ilg‘or ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar, startaplar hamda davlat vakillarini birlashtiruvchi milliy platforma. Tadbirning asosiy maqsadi — texnologik taraqqiyotni jadallashtirish, energetik samaradorlikni oshirish va sanoatning yangi bosqichiga o‘tishga xizmat qiluvchi ilg‘or yechimlarni ommalashtirishdir.

Ko‘rgazma davomida NURA Group o‘zining elektr uskunalari, avtomatlashtirish tizimlari, raqamli boshqaruv va energiya samaradorligini oshiruvchi texnologiyalarini namoyish etadi. Shuningdek, kompaniya mehmonlarga elektr energetikasi sohasidagi innovatsion yondashuvlarini yaqinidan tanishtiradi.
📅 Sana: 11–13 noyabr 2025
📍 Joy: Toshkent shahri, “O‘zekspomarkaz” MKK
NURA Group sizni o‘z stendida kutib qoladi!




















